Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” sensasion tarzda “Sautgempton”ga yutqazib, musobaqani tark etdi

08:43, 01 dekabr

Angliya Liga Kubogi turnirining so`nggi chorak final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda "Arsenal" jamoasi o`z maydonida "Sautgempton" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 13-daqiqasida Klasi "Sautgempton"ni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 38-daqiqada Bertran hisobni oshirdi. O`yinda boshqa gollar kiritilmadi va "Arsenal" musobaqani tark etdi. 

“Arsenal” – “Sautgempton” 0:2 (0:2, 0:0)

Gollar: 0:1 – 13 Klasi, 0:2 – 38 Bertran.

“Arsenal” – Martines, Gabriel, Gibbs, Jenkinson (Meytlend-Naylz, 64), Xolding, Koklen, El-Nenni (Jaka, 43), Remzi, Ren-Adeled (Oksleyd-Chemberlen, 62), Ivobi, Peres.

“Sautgempton” – Forster, Yosida, Bertran, Martina, van Deyk, Devis, Klasi, Bufal (Sims, 66), Rid (Xeyberg, 65), Makkuin, Long.

Ogohlantirishlar: El-Nenni (29), Ivobi (33), Yosida (34), Peres (80).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!