Feruz To`xtaev “Oltin Gran-Pri” turnirining kumush medali sohibi

09:10, 01 dekabr

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etilgan erkin va yunon-rum kurashi bo`yicha “Oltin Gran-Pri” xalqaro turniri o`z yakuniga etdi. Mazkur nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o`z mahoratlarini namoyish etishdi. Gran-Pri musobaqasida Olimpiya o`yinlari g`olib va sovrindorlarining gilamga chiqishgani turnirning murosasiz utishiga sabab buldi.

Yunon-rum kurashi bo`yicha o`tkazilgan bellashuvlarda Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov 66 kg vaznda ishtirok etdi va chorak final bahsida mezbonlar vakili Rovshan Tagievga imkoniyatni boy berib qo`ydi. 71 kg vazn toifasida kurash olib borgan Mirzobek Rahmatov esa serbiyalik Aleksandr Maksimovichdan mag`lubiyat alamini totib ko`rdi. Vakillarimizdan faqatgina Feruz To`xtaev sovrindorlar orasiga kira oldi.

59 kg vazn toifasida ishtirok etgan Feruz avvaliga hindistonlik Gaurav Sharmani 8:0, chorak finalda ozarbayjonlik Karim Ja`farovni 6:3, yarim finalda rossiyalik Mingiyan Semenovni 10:8 hisobida mag`lub etdi. Oltin medal taqdiri hal bo`lgan final bahsida esa hamyurtimiz Kenichiro Fumitoga birgina ochko farqi bilan 4:5 hisobida imkoniyatni boy berib kumush medaliga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!