Markaziy saylov komissiyasida Tojikiston Saylov va referendum bo`yicha markaziy komissiyasi raisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

09:42, 01 dekabr

30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov mamlakatimizga MDH tarkibida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Saylov va referendum bo`yicha markaziy komissiyasi raisi Xudoyorzoda Baxtiyor Tavar bilan uchrashdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi mehmonni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko`rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirdi. Suhbat chog`ida saylov kampaniyasi qonunchilik talablariga qat`iy rioya etilgan holda o`tayotgani alohida ko`rsatib o`tildi. Xususan, Prezidentlikka nomzodlarga o`z saylovoldi dasturlarini keng jamoatchilikka etkazish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o`tkazish bo`yicha teng sharoitlar yaratib berilgan. Saylov kampaniyasi siyosiy raqobat, yuqori tashkiliy darajada o`tmoqda.

Muloqot davomida ikki mamlakat saylov organlari o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!