Futurolog 50 yildan so`ng 218 mamlakat o`rniga 600 ta shahar qolishini bashorat qildi

10:01, 01 dekabr

Yaqinda Moskva shahrida bo`lib o`tgan Synergy Global Forum da taniqli shved iqtisodchisi va futurologi Kell Nordstrem nutq so`zladi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri. 

58 yoshli Stokgolm iqtisod maktabi professori, “Fank uslubidagi biznes” kitobining muallifi bo`lgan Kell Nordstrem kelajak sivilizasiyasi haqida gapirdi. U “Oradan 50 yillik o`tgach, mamlakatlar yo`qolib, dunyoda yirik 600 ta shahar qoladi. Masalan, 25 yildan keyin Avstriya bo`lmaydi, chunki Avstriya deganda Vena shahri va uning yonidagi bir qancha mayda shaharlar tushuniladi. Barcha narsa raqamlanadi. Har bir odam texnika yordamida yolg`iz, mustaqil yashashga harakat qiladi. 2008 yilda Shvesiyada 48 foiz odam yolg`iz yashagan bo`lsa, hozirda ular 56 foizga oshgan...” degan fikrni bildirdi.

Olimning bashoratlari amalga oshishini faqatgina vaqt ko`rsatadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!