Ispaniya Kubogi. "Barselona" kutilmaganda "Erkules" bilan durang o`ynadi

10:17, 01 dekabr

Ispaniya Kubogi 1/16 final dastlabki o`yinida "Barselona" safarda mamlakat quyi divizion vakili "Erkules" bilan o`zaro kurash olib bordi. 

Deyarli ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar 1:1 hisobida durang o`ynadi va barchani xayron qoldirdi.

Shunga qaramay, "Barselona"da keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Sababi, javob o`yini "Kamp Nou" stadionida bo`lib o`tadi. 

 

"Erkules" – "Barselona" 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 52 Mayns, 1:1 – 58 Alenya.

"Erkules" – Riko, Roxas, Dalmau, Penya, Ingles, Xose Gaspar (Chechu, 71), Fernando, Espinosa, Omgba, Mayns (Berrokal, 79), Salinas (Minyano, 71).

"Barselona" – Sillessen, Borxa Lopes, Din, Umtiti (Nili, 69), Aleish Vidal, Alenya (Kardona, 76), Suares, Karbonel (Andre Gomesh, 69), Rafinya, Turan, Pako Alkaser.

Ogohlantirish: Penya (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!