Etti karra Olimpiada ishtirokchisi Oksana Chusovitina Meksikadagi xalqaro turnirda barchani hayratga soldi

10:35, 01 dekabr

Etti karra Olimpiada ishtirokchisi, o`zbekistonlik Oksana Chusovitina sport gimnastikachi bo`yicha Meksikada bo`lib o`tgan xalqaro turnirda bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston MOQ matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Shu yilning 25-26 noyabr kunlari bo`lib o`tgan Abierto Mexicano de Gimnasia turnirida Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida barchadan ko`p ball to`plab, oltin medalga sazovor bo`ldi.

Ko`pkurash natijasiga ko`ra, to`rtta mashq yakunida hamyurtimiz uchinchi natija bilan bronza medaliga erishdi.

Qayd etish kerakki, 41 yoshli Oksaka Chusovitina Tokio–2020 Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishni rejalashtirilgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!