Xalqaro darajadagi kosmetolog Karina Musaevadan maslahatlar

10:47, 01 dekabr

1.    Sochlarni sochiqqa o`rab oling-da, qaynoq suv bug`iga yuzingizni ehtiyotkorlik bilan tuting. 5-10 daqiqa shu holatda turing. Issiq  bug` yuzni eng chuqur nuqtalarigacha tozalaydi.

2.    Uy sharoitida skrablar yordamida piling muolajasini  amalga oshiring. Haftada 2 marta piling qilish tavsiya etiladi.

3. Bug` bilan yuzni tozalab bo`lgandan so`ng yuzdagi teshiklar yopilmay turib, unga tayyor tozalovchi niqobdan surting va 5 daqiqaga qoldiring. 5 daqiqadan so`ng uni dokaga o`ralgan muz bo`lagi yordamida artib oling. Muz bo`lagi ochilgan yuz teshiklarini yopilishiga ko`maklashadi.

4.    Tozalash muolajalari tugagach, yuzga yumshoq, namlantiruvchi kremdan surting va yuzni yaxshilab uqalang. Bu tozalash jarayonida yo`qotilgan yuzdagi namlikni tiklaydi.

5.    Ko`z atrofidagi mayda ajinlardan xalos bo`lish uchun esa xom kartoshkadan foydalaning. Kartoshakani qirg`ichdan chiqarib, oldindan kichkina qilib qirqib olingan 2 bo`lak dokaga soling va ajinlar ustiga 10-15 daqiqaga qo`ying. Kartoshkali tamponni olgandan keyin sovuq choyga bo`ktirilgan paxta bilan kshz atrofini  arting.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!