Professional oshpaz Reychel Reyn: sho`rva tayyorlashning 8 qoidasi!

12:08, 01 dekabr

1. Sho`rvaga kerakli mahsulotlarni faqat suv qaynab chiqqandan keyingina soling. Chunki sovuq suv mahsulot tarkibidagi S vitaminini achitib, sho`rva ta`miga ta`sir etadi.

2. Qaynayotgan sho`rvaga sabzavotlarni birdaniga solmang. Galma-galdan, har xil vaqtda qo`shing. Masalan, oldin karamni, 10 daqiqadan so`ng kartoshkani  shundan so`ng qolgan mahsulotlarni soling.

3. Karamni ozroq yog` bilan qovurib, ta`b bering-da, so`ng sho`rvaga soling. Shunda karam sho`rvaning ta`mi mazali bo`lib, taxirligi yo`qoladi.

4. Lavlagili sho`rvaga ham lavligini alohida idishda ozgina yog` va 2 tomchi sirka bilan qovurib oling. Sirka lavlagining yorqin rangini saqlab turishga yordam beradi.

5. Dafna bargini taom tayyor bo`lishiga 15 daqiqa qolganida soling. Olovni o`chirgach barglarni olib tashlang,  aks holda sho`rva mazasi o`zgaradi.

6. Sho`rvangiz mazali, ishtahaochar va masalliqlari ezilib ketishini istamasangiz, sabzavotlarni to`g`ri to`g`rang. Vermishelli sho`rvalarga somoncha shaklda, dukkakli sho`rvalarga to`rtburchak, karam sho`rva uchun esa sabzavotlar yirikroq shaklda kesiladi.

7. Suyuq taom o`rta olovdan pastroq haroratda va uzoq qaynasa, shirali bo`ladi.

8. Agar ovqatingizning suvi kamayib qolsa, aslo suv qo`sha ko`rmang, uni yovg`on sho`rvaga aylantirasiz qo`yasiz. Yaxshisi taom qattiq qaynab ketmasligini nazorat qilib turing. Shunda muammo bo`lmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!