Svetlana ORTIQOVA: “Jurnalistlarimiz bugungi kun talablariga javob beradigan darajada shakllanganiga guvoh bo`ldik”

12:43, 01 dekabr

30 noyabr kuni o`zi ishini boshlagan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» matbuot klubi doirasida tashkil etilgan “Saylovning demokratliligi va shaffofligi: milliy qonunchilikka xalqaro huquq normalarini tadbiq etish va xorij tajribasi” mavzuidagi sessiyada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o`rinbosari Svetlana Ortiqova ekspert sifatida ishtirok etdi. Spiker o`z nutqida O`zbekistonda ilk bor tashkil etilgan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» to`g`risida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Press-klub juda yaxshi tashkil etilgan. Bu ham jurnalistlar, ham spikerlarni keng muloqotga chorlovchi o`ziga xos maydon bo`lgan. Bizning mahalliy jurnalistlarimiz bugungi kun talablariga javob beradigan darajada shakllanganiga guvoh bo`lib turibmiz. «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016»ning kundalik dastur javdvali doirasida bo`lib o`tgan brifinglarda jurnalistlar keng dunyoqarash bilan milliy qonunchilikka  xalqaro huquqlar me`yorlarini implementasiya qilish, xalqaro  hamkorlik jihatlari, sud-huquq islohotlariga, saylovchilarning u yoki bu huquqlariga, shuningdek saylov jarayonidagi huquqbuzarliklarga doir savollari meni o`ylantirib qo`ydi. Yana bir asosiy jihatga e`tibor berardimki, jurnalistlarni saylov qonunchligidagi keyingi bosqich, keyingi qadam qanday bo`lishi kerakligi qiziqtirdi. Men o`ylaymanki, bugungi muloqot har ikki tomonni ham o`ylashga va yaxshilikka undashga, demokratiyani, kuchli fuqarolik jamiyatni qurishga yordam beradi.

Ortiqova shuningdek ushbu saylovning avvalgilaridan farqi nimada ekanligiga OAVlarning roli qanchalik ortganligi xususida ham to`xtalib o`tdi.

“Hayot bir joyda turmaydi, hayot o`zgaradi, kun talabi o`zgaradi. Kechani bugun bilan taqqoslab bo`lmaydi. Shunga yarasha O`zbekiston Respublikasi ham o`zgardi. Saylovchi ham, dunyoqarash o`zgardi. Kundan kunga qonunchiligimiz ham takomillashib boryapti. Xudoga beadad shukur, hayotimiz tinch, osuda, odamlarimiz xursand.

OAVning saylov jarayonidagi o`rni shu qadar o`zgarganki, bunga bugun ham guvoh bo`lib turibmiz. OAV har doim ham davlat bilan xalq o`rtasida ko`prik vazifasini bajargan. Bu ko`prik hozir kuchli, bilimli, dunyoqarashi keng bo`lishni talab etadi. Albatta hozir ko`rsatuvlarni, roliklarni, dasturlarni monitoring qilsangiz, sifati jihatdan ancha yuqori darajaga o`sdi. Jurnalsitlar bugungi kunga mos tarzda o`zgardi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!