Saidakbar san`atga qaytdi

13:46, 01 dekabr

Iste`dodli xonanda Saidakbar ma`lum bir tanaffusdan so`ng yana san`at olamiga qaytdi. Ayni vaqtda ijodkorimiz qizg`in ijod jarayonida davom etib, yangidan-yangi, takrorlanmas qo`shiqlar guldastasini tayyorlash bilan band.   

Saidakbar ilk qo`shiqchilik olamiga kirib kelgan jarayonida yaratgan  insonlarni raqsga chorlovchi sho`x qo`shiqlari hamda ko`ngillarga malham bo`lguvchi mahzun taronalari xalqimizga manzur bo`lgan edi. 

Saidakbarning ashaddiy muxlislari talablariga ko`ra ilk ijod namunasi sifatida “Ona” deb nomlangan yangi qo`shiq kuyladi. 

Taronaning so`zlari Sulaymon Shodievga, musiqasi esa Abduhoshim Ismoilovga tegishli. Musiqa sayqali muallifi Sherzod Ozodov.  

Yaqin kunlarda ijodiy jamoa ushbu qo`shiqqa orignal tarzda videoklip tavirga olishni rejalashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!