Homiladorlikda uyqusizlik bezovta qilsa…

14:47, 01 dekabr

 

Homiladorlikning ikkinchi uchoyligiga kelib, estrogen gormoni tufayli asabiylashish va qo`rquv hissi paydo bo`lishi, shu sababli uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Bunday nozik pallada dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuning uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz.

1.     Bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyg`onishga odatlaning. hattoki dam olish kunlari ham bu qoidaga rioya eting.

2.     Har kuni 20-30 daqiqani kechki sayrga bag`ishlang.

3.     Homiladorlik vaqtida, soat 19:00dan so`ng aqliy va jismoniy toliqtiradigan ishlarni bajarmaslikka harakat qiling.

4.     Kunduzi uxlamang! O`z vaqtida bu odatdan voz keching.

5.     Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning. Iloji boricha kechki taomni me`yorida istemol qiling. Qorinning to`q bo`lishi ham uyqusizlikka olib keladi.

6.     Yotoqxonadagi qulay muhit tiniqib uxlashining garovi hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter va televizorni boshqa xonaga olib chiqib qo`ying.

7.     Tiniqib dam olishingiz uchun homiladorlarga mo`ljallangan maxsus yostiqlar ham ko`maklashishi mumkin.

8.     Tug`ruqdan oldingi qo`rquv va hadikdan xalos bo`lish uchun esa qiziqarli mashg`ulot bilan shug`ullaning. Masalan, rasm chizish, to`qish va shunga o`xshash chalg`ituvchi mashg`ulotlar bilan shug`ullaning. Shunda toliqqan asablar bo`shashib, uyqu yaxshilanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!