Qaysi oyda tug`ilgansiz, xonim?

15:05, 01 dekabr

1.    Yanvar. Bu oyda sabrli va chidamli ayollar dunyoga kelgan. Ularda erkaklarday qat`iylikni ko`rasiz. Bu toifa ayollar muammolari bilan o`rtoqlashishmaydi, hasrat ham qilishmaydi. Mag`rur bo`lib barchasini o`zlari hal kilishadi. Yanvar ayollari oshxonada pazandalar, ammo uy tozalashni unchalik ham hushlaymashdi.

2.    Fevral. Fevralda  tavallud topgan ayollar cho`rtkesar va fe`li biroz murakkab hisoblanishadi. Ularda ko`pincha asabiy portlashlar va o`zini nazorat qila omaslik holatlari kuzatiladi. Shunday bo`lsa-da, qiyinchiliklardan qo`rqmaydilar. Tez qaror qabul qilishadiyu, ammo u har doim ham to`g`ri bo`lavermaydi. Fevral ayollari arazchi va kezi kelganida, o`ch oluvchi bo`lishadi.

3.    Mart. Eng hissiyotli ayollar dunyoga kelgan oy. Bunday ayollarni  xafa qilish oson. Biror rejalari amalga oshmasa, o`zlarini baxtsiz deb o`ylashadi. Tortinchoqlik va har narsadan istixola qilishlari sabab ko`zlagan maqsadlariga erishishlari qiyinroq. Tabiat bunday ayollarga latofat, noziklik va joziba in`om etgan.

4.    Aprel. Aprel ayollari boshqa ayollardan tirishqoqligi maqsadga intiluvchanligi bilan ajralib turishadi. Kamiga bu oyda tug`ilgan ayollarning sog`lom fikrliligi va tejamkorligiga taqsinlar aytmay ilojingiz yo`q. Ular nima xohlayotganini  aniq biladigan va sekin-astalik bilan maqsad sari intilishadi va erishadilar ham. ²is-tuyg`ular har doim aqldan keyingi o`rinda turadi.

5.    May. Talabchan, o`z hukmini o`tkazishni istaydigan, dadil – bu ta`riflar May oyida tug`ilgan xonimlarga tegishli. Xafa qilishsa, kechira olishmaydi va osonlik bilan rishtalarni uzishlari mumkin. Hatto, keyinchalik afsuslansalar ham.  Bu toifa ayollarning qaysarligi oilada turli muammolarga sabab bo`lishi mumkin. Ular kimgadir bo`ysunishdan ko`ra buyruq berishni yoqtirishadi.

6.    Iyun. Bu oyda tug`ilgan xonimlarning asosiy hislati ularning ehtiyotkorligidadir. Biroq har safar ham ehtiyotkorlik foyda keltiravermaydi. Ba`zan bo`lar-bo`lmasga shubha-gumonga borishlari, kamiga jizzakilik ham pand beradi. Ammo dushmanlarini ham osonlik bilan kechira olishadi. Muammolarga toblari yo`q, ko`pincha kayfiyatlariga qarab harakatlanadilar.

7.    Iyul. Uyatchan, kamsuqum ayollar dunyoga kelgan oy.  Yozning ikkinchi oyida tug`ilgan ayollar muammolarni ko`ngilga yaqin olib, so`ng o`zlari qiynalib yurishadi. Biroq bu uzoq cho`zilmaydi. Nimadir sabab bo`ladiyu, o`z ustilarida ishlashni boshlab yuborishadi. Hayotlari davomida kayfiyatga qarab ish ko`rishadi. Oila va uy iyul ayollari uchun hayotlaridagi eng muhim narsalardir.

8.    Avgust. Eng mag`rur va mustaqil ayollar shu oyda tug`ilishgan. Ular himmatli, ochiqko`ngil ammo shuning bilan birga mansabparast va tabiatan boshqaruvchidir. Hammaning diqqat markazida bo`lishni sevadilar. Erkaklar e`tiborini osonlik bilan qozona oladigan bu xonimlar oilaviy rishtalarni juda qadrlashadi. Ammo haqiqatgo`yliklari ba`zida pand berib qo`yadi.

9.    Sentyabr. Qiziqqon va jo`shqin sentyabr ayollari hisob kitobli va maqsadga erishuvchanligi bilan ajralib turishadi. Sarmoya masalasida anchayin pishiqlar. Kimgadir qarz berishlari ham juda qiyin. Chunki pul sarflashni yaxshi bilishadi. Rashkchi va ozodalikni birinchi o`ringa qo`yadigan bu  xonimlar mazali ovqat pishirishga usta bo`lishadi.

10.  Oktyabr. Suxbatga tez kirishuvchan  dono ayollar qalb go`zalligi bilan boshqalardan farq qilishadi. Qaror qabul qilishda ham avval yaxshilab o`ylab, so`ng bir to`xtamga kelishadi. Xotiralariga esa til ojiz. Oilani juda qardlashadi. Ammo xiyonatni kechira olishmaydi.

11.  Noyabr. O`zlarini sevuchi noyabr ayollarining turmush o`rtoqlariga tog`day sabr tilaymiz. Bu oyda dunyoga kelgan ayollar o`zlariniki ma`qul bilib, boshqalarni eshitishmaydi ham, so`zlashga berishmaydi ham. Shu bois noyabr oyi xonimlarining juftlari juda sabrli va murosali kishilar bo`lgani ma`qul. Xarakteri og`ir bo`lgani bilan bu ayollarning sevgisi kuchli va sadoqatli bo`ladi.

12.  Dekabr. Portlovchi fe`lli, qo`rqmas, omadli dekabr ayollari juda ehtiyotkorlar. Ular gapga chechan, dardkash, sirdosh, chin dugona bo`la olishadi. Jahli tez bo`lgani sababli oilada qiyinchiliklarga duch kelishlari ham ehtimoldan holi emas. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!