«Shaxmat» torti - mehmonlarni mot qilamiz!

16:20, 01 dekabr

Zarur masalliqlar: biskvit uchun: 2 stakandan shakar va un, 12 dona tuxum, 2 osh qoshiq kakao; krem uchun: 800 ml. qaymoq, 2 stakan shakar va choy qoshiq uchida vanilin; glazur uchun: 4 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiqdan qaymoq va kakao, yarim stakan suv; shaxmat donalari uchun: 1 donadan oq va qora shokolad.

Tayyorlanishi: 1. Ikki xil biskvit tayyorlash uchun masalliqlarni teng ikkiga bo`lamiz. 6 dona tuxum oqini ko`pirtiring. 1 stakan shakar qo`shib, ko`pirtirishda davom eting. Tuxum sarig`ini qo`shing. So`ngra 1 stakan un qo`shib, yog`och qoshiq bilan aralashtiramiz. Aylana shakldagi yog`langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga qo`ying. Muhimi, shoshma-shosharlik qilib 40 daqiqadan oldin gaz pechini ocha ko`rmang. Bo`lmasa, biskvitingiz shishib chiqmaydi.

2. Ikkinchi kakaoli biskvitni ham xuddi shu tarzda tayyorlaysiz. Faqat xamiriga kakao qo`shishni unutmang.

3. Pishiriq qog`oziga shaxmat donalari suratini chizib oling. Shokoladlarni alohida idishlarda suv bug`ida eriting va «shpris» yoki «nasadka» yordamida suratlar konturi bo`ylab yurg`izing.

4.  Qaymoqni vanilin va shakar bilan to quyuqlashguncha ko`pirtiring.

5. Suvga shakar va kakaoni solib, olovga qo`ying. Aralashtirib turgan holda qaymoqni soling. To quyuqlashguncha olovda tuting.

6. Biskvitlarni eniga 2 bo`lakka bo`ling. Keyin oq va qora biskvitlarni o`rtasiga krem surtib, ketma-ketlikda joylashtirib chiqing. So`ngra ustiga va yoniga ham krem surting.

6. Glazur bilan tort yuzasiga shaxmat taxtasini chizing va «shaxmat donalari» bilan tortni bezang. Dasturxonga tortishdan oldin muzlatkichga qo`yishni unutmang.

2 soat

12 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!