Markaziy saylov komissiyasida tayyorgarlik bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi

17:55, 01 dekabr

1 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Videokonferensaloqa shaklida o`tkazilgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a`zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi. Xususan, saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta`minlash, saylov komissiyalarining saylov kuni ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi.

5-Navoiy va 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyalari raislari saylovga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi.

Yig`ilishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarini, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiya qilish masalasi ham ko`rib chiqildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!