Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi kuzatuvchilar missiyasi O`zbekistonda o`z ishini boshladi

17:57, 01 dekabr

2016 yil 1 dekabr kuni Toshkentga Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi (BSOA) Bosh kotibi Kim Yon Xi keldi. U 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo`yicha BSOA missiyasiga rahbarlik qiladi.

Shu kunning o`zida Markaziy saylov komissiyasi raisining o`rinbosari K.Adilov BSOA kuzatuvchilari missiyasi a`zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog`ida Missiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ta`kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi ochiq va oshkora saylov to`g`risidagi qonunlar talablariga va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilot sifatida 2013 yil oktyabr oyida tashkil topgan BSOA ta`sischilaridan biri hisoblanadi. Assosiasiyasining qarorgohi Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida joylashgan bo`lib, u hozirgi kunda dunyoning 102 mamlakatidan 106 ta saylov organini birlashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!