“ELECTIONS.UZ-2016” press-klubida siyosiy partiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

18:23, 01 dekabr

“ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi doirasida jurnalistlarning turli davlat va jamoat tashkilotlari bilan yuzma-yuz muloqotlari davom etmoqda. 

Press-klubning ikkinchi kuni doirasida “Siyosiy partiyalar: haqqoniy raqobat, siyosat odobi va elektorat bilan ishlashning yangi usullari” mavzuida uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda to`rt partiya hamda partiya nashrlari vakillari ishtirok etishdi.

Xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilikni monitoring qilish instituti mutaxassisi Karine Javakova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o`rinbosari Feruza Muhammadjonova, “O`zLiDeP” Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi o`rinbosari Baxtiyor Yoqubov, “Adolat” SDP vakili, Oliy Majlis qo`mitasi raisi Alisher Shodmonov, XDP Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari, Oliy Majlis qo`mitasi raisi Rustam Komilovlar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!