“Saylov.uz – 2016”: Jurnalistlar diniy konfessiyalar vakillari bilan uchrashishdi

18:48, 01 dekabr

«Saylov.uz – 2016» press-klubining ikkinchi ish kuni doirasida «Saylov hamma va har kishi uchun” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimizdagi bir qator idora va tashkilotlar rahbarlari, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan diniy konfessiyalar vakillari, mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirok etdi.

Ta`kidlanganidek, bugungi kunda O`zbekistonda 130 ortiq millat va elatlar, 17 ta diniy konfessiya vakillari bir oila a`zolaridek tinch-totuv hayot kechirmoqda. Hukumatimiz tomonidan ularning vijdon erkiligini himoyalash,  diniy rasm-rusumldari ado etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har yili minglab musulmonlar haj va umra ziyoratlarini ado etib qaytishmoqda. Shuningdek, boshqa din vakillari uchun ham Isroil, Rossiya singari mamlakatlardagi diniy qadamjolarni ziyorat qilib qaytishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) Ulug`bek Muhammadiev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita  raisi Ortiqbek Yusupov, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent va O`zbekiston mitropoliti Vikentiy, Rim-katolik cherkovi episkopi Eji Masulevich, Toshkent yahudiylar diniy jamoasi raisi Arkadiy Isaxarov, O`zbekiston Respublikasi Senati a`zosi Agrepina Shin, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori o`rinbosari Sergey Mironov so`zga chiqib, yurtimizda diniy bag`rikenglik va millatlararo hamjihatlik borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so`z yuritdilar. Mamlakatimiz fuqarolari 4 dekabr kuni dini va millatidan qat`i nazar yurtimiz farovonligi, taraqqiyoti, xavfsizligini ta`minlashga qodir nomzod  uchun ovoz berishlari lozimligi ta`kidlandi.

So`zga chiqqanlar turli din va millat vakillari ishtirokidagi ushbu anjuman dunyoning turli nuqtalarida diniy, irqiy. Milliy va boshqa ko`rinishdashgi nizolar, qurolli to`qnashuvlar davom etayotgan bir paytda malakatimizda ana shunday do`stona va barqaror muhit surayotganining yorqin dalolatidir.

Majlis ishtirokchilari jurnalistlarning savolllariga javob qaytarishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!