Toshkent-Dushanbe o`rtasidagi aviareyslar 2017 yilning yanvar oyidan qayta tiklanadi

20:41, 01 dekabr

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi aviareyslar 2017-yilning yanvar oyidan qayta tiklanadi. Bu haqda “Dushanbe xalqaro aeroporti” OAJ ma`lumotlariga asoslanib, UzDaily xabar beradi.

Aeroport ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 30-noyabr kuni Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari o`rinbosari Oleg Lim boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Tojikistonga tashrif buyurdi.

O`zbekiston delegasiyasi “Dushanbe” xalqaro aeroporti faoliyati bilan tanishishdi hamda Tojikiston Transport vazirligida muzokaralar o`tkazishdi.

Muzokaralar tanijasida O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviaqatnovlarni qayta yo`lga qo`yish to`g`risida kelishib olishdi. Birinchi parvoz 2017-yil yanvarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Hamkorlik to`g`risida imzolangan protokolga muvofiq, aviareyslar haftasiga ikki marotaba “Somon-Eyr” va “O`zbekiston havo yo`llari” tomonidan amalga oshiriladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!