Andrey Fyodorov: "Neftchi" oldiga qanday vazifa qo`yilishi dekabr oxirida hal bo`ladi

20:51, 01 dekabr

Barcha jamoalar qatori Farg`onaning “Neftchi” jamoasi ham mavsum yakunlangani munosabati bilan ta`tilga chiqdi. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ta`tilni o`tkazish uchun Moskva shahriga yo`l olganini aytib o`tish mumkindir. Andrey Vitalevich Rossiya safari arafasida “Neftchi” futbol klubining rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berib o`tdi. Murabbiy suhbat davomida yakunlangan mavsum, Oliy-2017ga tayyogarlik jarayoni va navbatdagi mavsumdagi rejalari bilan o`rtoqlashdi.

OLIY LIGA-2016

Mavsum jamoamiz uchun notekis holatda o`tdi. 2015-yilgi mavsumda tashkil etgan tarkibimiz  chempionatda ancha mazmunli ishtirok etdi. Shu sababli yil oxirida klub rahbariyati bilan jamoa o`zagini saqlab qolib, ushbu yigitlar bilan kelgusi yilda ham natijalarni yanada yaxshilashga kelishib oldik. Afsuski, barchasi kutganimizdek bo`lmadi. Bu futbol. Joriy mavsumning birinchi davrasidan keyin shunday xulosaga keldimki, yigitlar o`tgan yilgi natijalardan biroz havolanib, xotirjamlikka berilishibdi. Bu holatlarga mashg`ulotlarda ham amin bo`ldim. Natijada esa o`yinlar biz kutgandek o`tmadi. 2016-yilgi mavsumga tayyorgarlik boshlaganimizda jamoadagi xar bir futbolchi bilan alohida suhbatda bo`ldim. Ularga boshlanayotgan mavsum og`ir bo`lishini, xar bir raqib bu yil yanada jiddiyroq ko`rinish olishini ta`kidlagandim. Biroq yigitlarda ruhiy tayyogarlik, o`yinlar va mashg`ulotlarga jiddiy yondashish borasida kamchiliklar bo`ldi. Albatta bu borada murabbiylar shtabinining xatolar ham yo`q emas. Biz o`z vaqtida zahiradan o`yinga qo`shilib o`yinni kuchaytira oladigan, bahsni chinakamiga o`zgartirib yuborishi mumkin bo`lgan o`yinchilarni to`g`ri tanlab, tarkibga jalb eta olmadik. Garchi bu yilgi natijalarimiz qoniqarsiz bo`lgan bo`lsada, o`yin sifatimizni o`rtacha deb baholagan bo`lardim.

YaNGI MAVSUMGA TAYYoRGARLIK

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga ko`p taraflama o`zgarishlar kiritmoqchimiz. Ya`ni mashg`ultotlarni borishi va yangi o`yinchilarni tarkibga jalb qilish borasida xato qilmaslikka intilamiz. Albatta ayni paytda barcha muxlislarni “Neftchi”ning yangi mavsumda o`z oldiga qo`yadigan maqsadi qanday bo`lishi qiziqtirmoqda. Biroq bu haqida hali gapirishimga erta deb o`ylayman. Mavsum endi tugadi. Yil oxirida rahbariyat bilan uchrashganimizda bu masala hal bo`ladi.

GRANDLARGA QARShI O`YINLAR

Haqiqatdan ham etakchi jamoalarga qarshi o`yinlarimiz mavsumdagi eng yaxshi bahslarimiz bo`ldi deb aytish mumkin. Biroq o`rtamiyona klublar bilan o`yinlarga munosabat o`ta engil bo`lgani sababli juda ko`p bahslarda imkoniyatni boy berdik. Bu o`z navbatda turnir jadvalidagi o`rnimizga salbiy ta`sir o`tkazdi. Mavsumdagi eng katta muammomiz – yigitlarning ruhiy tayyorgarligi pastligida bo`ldi. Men xar bir bahsdan avval ularga kerakli ko`rsatmalarni berib, xar taraflama futbolchilarni sportga xos yuqori ruh bilan maydonga chorladim.

MAVSUM KAShFIYoTI

Joriy mavsumning kashfiyot jamoasi bu shubhasiz  “Buxoro” klubi bo`ldi.  Bu fikrni bejizga aytmayapman. Chunki o`tgan yili Birinchi ligaga yo`l olishga yaqin turgan buxoroliklar bu mavsum kuchli to`rtlikdan o`rin egallashdi. Bu esa jamoani yangi mavsumga jiddiy xozirlik ko`rganidan, kuchli va salohiyatli ijrochilarni tarkibga jalb etganidan dalolat beradi. “Neftchi” jamoasi ham bu yil mana shunday natija qayd etishiga umid bildirgandim, afsus.

LEGIONERLAR

Fikrimcha, ushbu mavsum yurtimizda o`ynagan ko`plab legionerlar o`z ishlarini yaxshi bajarishdi. Kuzatishlarim  bo`yicha, chempionatimizdagi legioner maqomidagilar o`z jamoalarida haqiqiy etakchi sifatida faoliyat olib borishdi. Xorijlik futbolchilar maxalliy yoshlarimizni o`sishida katta yordam berdi deb o`ylayman. Shu o`rinda nega “Neftchi” jamoasi bu yil xorijliklarning xizmatlaridan foydalanmadi degan savol tug`ilishi mumkin ? Buning sabablari juda ko`p. O`zbekistonga keladigan legioner futbolchilar ko`proq Toshkent jamoalarda o`ynashga intilishadi. Chunki poytaxt klublarida o`z milliy terma jamoalariga chaqiruv olish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Biz esa bu yil ko`proq maxalliy futbolchilarga tayanishga harakat qilgandik. Legioner o`yinchilar masalasida yana murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan maslahat qilib ko`ramiz.

MUXLISLARLARGA TILAKLAR

Birinchi o`rinda muxlislarga sog`liq-salomatlik tilayman. Axir sog`liq joyida bo`lsa futbol ham ko`ngilga sig`adi. Ularni yangi mavsumda ham Farg`ona jamoasini stadionga qo`llab-quvvatlab turishlariga chorlab qolaman. Barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman, deb fikrlarini yakunlandiNeftchibosh murabbiyi Andrey Fyodorov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!