Rayhon va Farhod Alimov ijod borasida bir-biriga cheklovlar qo`yadimi?

21:12, 01 dekabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning turmush o`rtog`i, boshlovchi Farhod Alimov jurnalist Baxtiyor To`raxonovning “19:09” ko`rsatuvida mehmon bo`ldi. 

“Turmush qurganingizdan so`ng kliplarda suratga tushishda cheklovlar bo`ldimi? Masalan, bu klipda suratga tushmaysiz va h.k?” degan savolga Farhod Alimov quyidagicha javob berdi:

Yo`q, mutlaqo, hech qanday cheklovlar bo`lmaydi. Oila o`z o`rnida, ish esa o`z o`rnida. Masalan, men ham turmush o`rtog`imga Instagram`dagi kuzatuvchilarining savollariga javob berishni taqiqlamayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali unga millionlab insonlar sevgi izhor qiladi. Men uy bekasiga uylanmadim, xizmat ko`rsatgan artist va mashhur insonga uylanganimni tushunaman. Shuning uchun bizda hozircha hech qanday cheklovlar yo`q. Biz bir-birimiz bilan ochiqchasiga gaplashamiz. Bir-birimizga nima yoqishi, nima yoqmasligini ham ochiqchasiga muhokama qilamiz.

Eslatib o`tamiz, Farhod Alimov va Rayhon G`anievaning nikohi munosabati bilan 5 noyabr kuni poytaxtdagi “Atlant” restoranida amru-ma`ruf dasturxoni yozilgan edi. Juftlik asal oyini BAAning Dubay shahrida o`tkazdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!