Pardozingizga qarab ta`rif beramiz!

10:00, 02 dekabr

Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, ayolning pardoz qilishiga qarab, uning mijozi va tabiatini ham bilish mumkin ekan…

  • Umuman pardoz qilmaydigan ayolning o`ziga nisbatan ishonchi past bo`larkan. U latofatli bo`lishdan qochadi, aksincha o`ziga e`tibor tortmaslikka harakat qiladi. Kosmetika vositalaridan foydalanishga pul va vaqt sarf qilishni yoqtirmaydi. Nazarida, erkak kishi uni sevib qolishi uchun pardoz-andoz qilish shart emas.
  • Birozgina pardoz qiluvchi ayol esa yolg`izlikni xush ko`radi. Har bir harakatni tahlil qilishni yoqtiradi. Atrofdagilar bilan tezda til topishib, murosaga kela oladi. O`ziga bo`lgan ishonchi baland. Erkak kishining e`tiborini tortish uchun tashqi emas, ichki fazilatlarni muhim deb biladi.
  • Lablariga yorqin bo`yoq suruvchi ayol esa hammaning diqqat markazida bo`lishni yoqtiradi. Uning hayoti ham xuddi lablari kabi yorqin daqiqalarga boy. Shu bilan birga, u hissiyotga beriluvchan va ta`sirchan.
  • Ko`zlariga ko`proq pardoz beruvchi ayol odatda kuzatuvchan va ziyrak bo`ladi. Ko`p gapirishdan ko`ra, ko`proq tinglashni xush ko`radi. O`zini doim birinchi o`ringa qo`yadi va boshqaning g`am-qayg`usi sabab o`zini ranjitib o`tirmaydi. O`z fikrlari og`ushida yuradi va yolg`iz qolishni yoqtiradi. Uni «ayol-tilsim» deb ta`riflash mumkin.
  • Pardozda ham lab, ham ko`zlariga e`tibor qaratuvchi ayol esa arzimas narsadan ham qayg`uga tushadi. «Pashshadan fil yasash» bo`yicha mahorati katta. Erkaklar bilan munosabatda juda ehtiyotkor. Chunki ko`ngli sinishidan xavotirga tushaveradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!