Polisiyachining sovuqqonligi tufayli bir ayol dunyodan ko`z yumdi

10:09, 02 dekabr

Rossiya federasiyasining Orlov viloyati tergov qo`mitasi Orlov shahar polisiyasida ishlovchi polisiyachi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`adi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Polisiyachi Natalya Bashkatova erining kaltaklaridan, “o`ldiraman”, deb tahdid qilayotganidan yordam so`rab, qo`ng`iroq qilgan qilgan ayolning murojaatiga sovuqqonlik bilan qarab, e`tibor bermagan. Qo`ng`iroq qilgan ayolning “Biror kor-hol yuz bersa, polisiya keladimi?” deb bergan savoliga u “Albatta, agar eringiz sizni o`ldirib qo`ysa, xavotirlanmang, borib murdangizni qabul qilib olamiz”, deb javob bergan. Oradan 40 daqiqa o`tgach, eri haqiqatan ham ayolni urib, o`ldirgan.

Polisiyachi va ayolning suhbati ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Ayolning eri 37 yoshli Andrey Bachkov ilgari o`g`rilik, bosqinchilik, zo`ravonlik, giyohvandlik moddasi iste`mol qilgani uchun bir necha marta qamalib chiqqan. Endi esa qotillik uchun qamoqqa olindi. 

Polisiyachi Natalya Bashkatovaga nisbatan o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani, bu esa bir insonning umriga zomin bo`lgani sababli jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!