Ziravorlarning sirli xususiyatlari

10:11, 02 dekabr

Qadim-qadimdan ziralarning ma`lum ma`noda kishilarga ta`sir kuchi ma`lum bo`lgan. Osiyo va Janubiy Amerika xalqlari qadimdanoq turli o`simliklarni yig`ib, ko`ritib, ularni taomlariga qo`shishgan. Shundan so`ng bu odatni evropaliklar ham o`zlashtirib olishgan.

Ammo ziravorlarning foydali jihatlari haqida hamma ham bilavermaydi.

Masalan, achchiq chili qalampiri kishi organizmidagi qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Qora va qizil qalampir esa moddalar almashinuvini faollashtirib, kishining aqliy qobiliyatlarini yaxshilaydi. Maydalanmagan murch esa kishi organizmiga turli bakteriyalarning kirishga yo`l bermaydi. Xren ham xuddi shunday ta`sirga ega.

Qalampirmunchoq kuz kasalliklaridan xalos etadi. Qalampirmunchoq yog`ini og`riq qoldiruvchi sifatida ham ishlatsa bo`ladi, u tish og`rig`ini qoldirishda ham yordam beradi. Agar farzandingiz kasal bo`lib qolsa, uning uyi, beshigi, karavotchasi yoniga qalampirmunchoq shodasida ilib qo`ying. U bemor bolaga kuch beradi. Ko`rinib turibiki, momo-buvilarimiz nevaralari ko`z tumor tayyorlayotib, unga bir shoda qalmpirmunchoq shodasida ilib qo`yishi bejiz emas ekan.  

Sog`ligi haqida qayg`uradigan kishilar zirali non eyishlari lozim. Uning tarkibidagi efir yog`lari kishiga kuch bag`ishlaydigan xususiyatga ega. Odatda do`konlarda qora non tarkibida shunday ziravorlar mavjud.

Dolchin uyingizni turli noxushliklardan asraydi. Kinza esa kishini turli xastaliklardan asrash xususiyatiga ega. Kashnich oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, jarohatlarni bitkazadigan xususiyatga ega. Kashnichdan tayyorlanadigan damlamalarni tinchlantiruvchi suyuqlik maqsadda, tomir tortishish kabilarda ichish yaxshi natijalarni keltirib chiqaradi.

Dafna yaprog`i kishiga omad keltiradi, deya ishonishgan qadimdan. 

Shuningdek, petrushka ham foydaliligi bilan birga, sirli xususiyatlarga ham ega. Masalan, petrushkani suvga ho`llab, uyning bir-ikki joyiga ilib qo`ysangiz, kishidan kuchni olib qo`yadigan kuchlarni bartaraf qilish kuchiga ega.

Doim sarimsoq eb yuradigan kishiga turli irim-sirimlar ta`sir qilmaydi. Qadimda ba`zi xalqlar uylariga sarimsoq boshlarini ilib qo`yishgan. Ular shu tariqa uylariga noxushlik kiritilishini oldini olishmoqchi bo`lishgan.

Tuz ham ovqatga ta`m beradigan qo`shimcha sifatida ziravor hisoblanadi. U kristall tarkibga ega bo`lgani uchun qadimdan uni folchilar o`z maqsadlarida ko`p qo`llashgan. Shunig uchun ham ko`pincha qo`shnidan tuz so`rashga irim qilishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!