Jig`ildoningiz qaynayaptimi? Oldini olish uchun 6 tavsiya

10:30, 02 dekabr

Jig`ildon qaynashi surunkali tarzda davom etayotgan bo`lsa, albatta shifokor-gastroenterologga murojaat qiling. Asosiy davo choralariga qo`shimcha tarzda quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:

1.    Yangi siqilgan kartoshka sharbatiga bir choy qoshiq asal solib, uxlashdan oldin va nahorga och qoringa yarim stakandan qabul qiling.

2.    2 choy qoshiq quritilgan yoki maydalangan yangi selderey ustiga 1 stakan qaynagan suv quyib, 1 soatga damlab qo`ying. Taomlanishdan 30 daqiqa oldin kuniga uch marta 1 stakandan iching.

3.    Grechixa yormasini yog`siz tovada to`q jigarrang tusga kirguncha qovurib oling, so`ng maydalab, yanching. Grechixali unni elakdan o`tkazing-da, jig`ildon qaynayotganda yarim choy qoshiqdan eb yuboring.

5.    Jig`ildon qaynashi avjiga chiqqan paytda, 2 dona yangi qizil sabzini qirg`ichdan chiqarib tanovul qiling. Yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun qizil sabzi sharbatini iching.

6.  Quritilgan yoki yangi yalpiz bargidan 2 osh qoshig`ini 2 stakan suv bilan qaynatib, 30 daqiqaga damlab qo`ying. So`ng choy o`rnidab oz-ozdan qabul qilaverasiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!