Plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 47-o`rinda qayd etildi

10:37, 02 dekabr

Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangi reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi dekabr oyi reytingida 47-o`rinda qayd etildi.

Ayni damda terma jamoa hisobida 203 ochko mavjud. O`zbekiston termasi noyabr oyi reytingida 46-pog`onadan joy olgandi. Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hamon 10-o`rinni egallab turibdi.

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 1785 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1267) va Ummon (1037) kuchli uchlikdan joy oldi. 

OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:

1 (5). Eron – 1785 ochko

2 (8). Yaponiya – 1267 ochko

3 (10). Ummon – 1037 ochko

4 (14). BAA – 881 ochko

5 (19). Livan – 604 ochko

6 (35). Xitoy – 370 ochko

7 (36). Tailand – 369 ochko

8 (41). Vetnam – 308 ochko

9 (45). Bahrayn – 219 ochko

10 (47). O`zbekiston – 203 ochko

Plyaj futbol bo`yicha jahon reytingini 3500 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, Braziliya (2525) termasi kuchli uchlikni yakunlagan.

Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2012 yil dekabr oyida 2016 yil noyabr oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!