Tush ishlatishning 9 qoidasi

10:55, 02 dekabr
  1. Tushni uch oydan ortiq saqlab bo`lmaydi. Saqlanish muddatidan o`tganidan so`ng, u kipriklarga tekis surtilmaydi va ularni og`irlashtiradi.
  2. Tush vaqtidan oldin qurib qolmasligi uchun, cho`tkani idishidan asta olib, so`ng shu alfozda qaytib solish lozim. Keskin harakat bilan pastga-tepaga ishqalash uning qurib qolishi va sifatining yomonlashuviga olib keladi.
  3. Agar cho`tkada qurigan tush qotib qolgan bo`lsa, uni idishga solishdan oldin salfetka bilan tozalash kerak.
  4. Tushingiz tugayotganida, uning cho`tkaga ilinishi uchun tepa-pastga qaratib yurgizmang. Bu holatda siz idishga havo kiritib, tushning qurish jarayonini tezlashtirasiz. Cho`tkani burama harakat bilan idish devori ichidan aylantirsangiz, yaxshi olinadi.
  5. Tushingiz uzoq xizmat qilishi uchun… idishni ochiq holatda uzoq saqlamang va qopqog`ini mahkam berkiting.
  6. Linza yoki ko`zoynak taqsangiz…  o`ta sifatli tush tanlang va ularni surtishda ehtiyot choralarini ko`ring. Chunki sifatsiz tushlar allergiyaga sabab bo`ladi.
  7. Agar tush surtgan bo`lsangiz… ikkinchi bor pardoz qilishga to`g`ri kelganda, kipriklardagi bo`yoqni tozalamasdan qayta bo`yamang.
  8. Ulama kipriklarga tush surtish shart emas! Bu ularni qo`pollashtiradi.
  9. Tush surtganda ular kipriklaringizda yig`ilib qolmasligi, bir-biriga yopishtirmasligi uchun… tarkibida gliserin bor bo`yoq vositasi tanlang.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!