Malakali kosmetolog Shahnoza Ahmedovadan uy sharoitida tayyorlanadigan 4 niqob

11:59, 02 dekabr

1.    Asal+limon+suli yormasi

1 osh qoshiqdan eritilgan asal,  suli yormasi,  qatiq va zaytun yog`ini yarim choy qoshiq limon sharbati  bilan yaxshilab aralashtirib, uxlashdan oldin yuzingizga surtib, 40 daqiqa kuting. So`ngra iliq suv bilan yuving. Ushbu niqob yuz terisini oziqlantiradi.

2.    Kosmetik loydan

1 osh qoshiqdan  maydalangan suli yormasi, kosmetik loy va limon sharbatiga ozgina suv (qorishma smetana quyuqligida bo`lishi kerak) solib, tozalangan yuz terisiga  surting. 30 daqiqa keyin avval iliq suv, so`ngra sovuq suv bilan chaying. Bu niqob yuzni oqartirib, dog`lardan xalos etadi.

 3.   Yog`li yuzlar uchun

1 osh qoshiqdan suli yormasi, tabiiy yogrut va pomidor sharbatiga  ozgina limon sharbati solib,  yuzingizga 20 daqiqaga surtib qo`ying. Iliq suv bilan yuvasiz. Pomidor tarkibidagi antioksidantlar yuz terisini yoshartirib, husnbuzarlardan tozalaydi.

4.    Aloe+quruq sut+bodring

O`rtacha kattalikdagi bodringni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq aloe sharbati, 1-2 osh qoshiq quruq sut va 1 osh qoshiq asal bilan  aralashtiring va tozalangan yuz terisiga surting. Yotgan holda 20 daqiqa kuting. Iliq suvda yuvib, oziqlantiruvchi kremdan surtib oling. Yuz terisini tozalab, tiniqlashtiradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!