Arslan Hashmi: “O`zbekistonda saylov qonunchiligi mukammallashgan”

12:17, 02 dekabr

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish jarayonining borishi to`g`risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi va ekspertlarni, shuningdek media-hamjamiyati vakillarini respublikamiz erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida nodavlat media-sektorning mustaqil vakillari tomonidan O`zbekistonda birinchi bor tashkil etilgan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» («PRESS KLUB: SAYLOV.UZ-2016») matbuot-klubi uch kundan buyon qizg`in uchrashuvlarga boy bo`lmoqda. 

Arslan Hashmi, Saudiya Arabistoni vakili:

—  O`zbekiston bo`lib o`tishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon —O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish menda katta taassyorot qoldirmoqda. Buxorodagi saylov  uchastkalariga tashrifim chog`ida shunga amin bo`ldimki, O`zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayoni ochiq va shaffof kechmoqda. Shuni yana alohida qayd etish lozimki, O`zbekistondagi saylov qonunchiligi kiritilogan yangi o`zgartirishlar muhim ahamiyatga molik. Jumladan saylov uchastkasiga kelib ovoz berishg imkoniyati bo`lmagan fuqarolarning, masalan, keksa, xasta-bemor kishilarning uyiga borib ovoz berishini tashkil etish menda katta qiziqio` uyg`otdi. Demoqchimanki, so`nggi yillarda O`zbekistonning saylov qonunchiligi ham mukammal o`zgartirishlar bilan boyimoqda. Eng muhimi, kuzatishlarimdan shunga amin bo`ldimki, O`zbekistondagi saylovga tayyorgarlik adolatli, shaffof va ochiq amalga oshirilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!