Senatda Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a`zosi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

14:07, 02 dekabr

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a`zosi Muhammad Iltaf Shayx bilan uchrashuv bo`ldi, deb yozadi O`zA.

Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi S.Safoev bilan suhbatda O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari ulkan ekani qayd etildi. 

Muhammad Iltaf Shayx uchrashuv chog`ida saylovchilarning huquqiy madaniyati, siyosiy jarayonlardan xabardorligi oshganini ta`kidlab o`tdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz parlamentlari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so`z yuritildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!