Shuhrat Yoqubov: “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» hozirgi jarayonda juda ahamiyatli”

14:09, 02 dekabr

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan « ELECTIONS.UZ-2016» press-klubining 3-ish kuni “O`zbekistonda saylov qonunchiligi: So`nggi innovasiyalar” mavzusidagi 5-Sessiyasi bilan boshlandi. 

Unda spiker tarzida qatnashgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. 

“Saylovga yaqin qolgan shunday bir muddatda nodavlat teletarmoqlarning tashabbusi bilan mamlakatimizda yangi «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» press-klubining ochilishi juda ahamiyatli. Ushbu press-klub doirasida mahalliy va xorijiy jurnalistlar o`rtasida fikr almashish, kuzatuvchilar, davlat va jamoat vakillari bilan bevosita suxbat qilish imkoniyati yaratilganini alohida e`tirof etmoqchiman. Bu ayniqsa, mamlakatimizda bugungi kunda saylov jarayonlarini tezkor yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. O`ylaymizki, press-klubning tashkil etilishi mamlkatimizda nodavlat OAVning fuqarolik instituti sifatida rivojlanganligi, davlat organlari va davlat OAVlari bilan hamkorlikda saylov jarayonini yoritishda katta tashubbus ko`rsatayotganining yaqqol isbotidir.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!