Barak va Mishel Obama AQShning yangi yil archasi chiroqlarini yoqdi

14:22, 02 dekabr

AQSh prezidenti Barak Obama, rafiqasi  Mishel va qizi Sasha bilan birgalikda mamlakatning yangi yil tadbiri o`tkaziladigan maydondagi archa chiroqlarini yoqishga bag`ishlangan tadbirda ishtirok etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Tadbir Vashingtonda bo`lib o`tdi.

Bu Barak Obama prezident va rafiqasi birinchi xonim sifatida ishtirok etadigan so`nggi tadbirdir. Archa chiroqlarini yoqish tadbiri 94 chi marotaba o`tkazilmoqda.

Unda xonanda Kelli Klarkson, aktrisa Eva Longoriya va boshqa mashhur yulduzlar ham qatnashdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!