«Aylanay» pirogi - eganlar darmonda, emaganlar armonda…

15:16, 02 dekabr

Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 gr. margarin, 100 gr. mayonez, 2 dona tuxum, 1 choy qoshiq sirkada so`ndirilgan iste`mol sodasi, 1,5 choy qoshiq xamiryumshatgich; ichiga solishga: maymunjon jemi yoki murabbosi.

Tayyorlanishi: 1. Qirg`ichdan o`tkazilgan margarinni 2 st. un bilan uvalab oling. Aralashmadan yarim piyola ajratib qo`ying.

2. Margarinli masalliqqa tuxum va  iste`mol sodasi qo`shilgan mayonezni qo`shing. Unning qolgan qismini solayotganda xamiryumshatgichni ham aralashtirib oling. Xamir yumshoq chiqishi kerak.

3. Tayyor xamirni gaz pechi patnisiga joylab, ustiga maymunjon jemini surting. So`ng margarinli aralashmadan olib qo`yilganini sepib chiqing.

4. Pishiriq 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida tayyor bo`ladi.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa

8 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!