Turkiyaga o`zga sayyoraliklar oqimi yopirildi

15:31, 02 dekabr

Turkiyaning turli qismlarida yashovchi minglab odamlar tungi osmonda guruh bo`lib, o`zidan nur taratayotgan sirli sharlarni ko`rishga muvaffaq bo`lishdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Voqea guvohlari “uchar likopcha”larning tashrifini suratga tushirishga va videoga olishga muvaffaq bo`lishdi. Mamlakatning aksariyat fuqarolari Turkiyaga o`zga sayyoraliklar hujum qildi, degan fikrga keldi. 

Uchar likopchalar guruhi asosan Stambul, Anqara, Bursa, Gaziantepa, Qaysari, Eski shahar, Samsun, Vana, Sultanbeyli kabi ko`plab shahar va qishloqlarda ko`zga tashlangan. Ularni suratga olmoqchi bo`lgan odamlardan biri shovqinli, kuchli havo oqimidan yiqilgan bo`lsa, ikkinchisi o`z-o`zidan hushidan ketgan.  Uning aytishicha, “uchar likopchalar”ning bir joyda to`planib turishi, uni uyquga tortgan.


Mahalliy ufologlarning xabar berishicha, Turkiya osmonida bir paytda paydo bo`lgan “uchar likopchalar” qanday paydo bo`lgan bo`lsa, shunday tezlikda yo`qolgan.  Hodisa ro`y bergandan keyin yarim soat o`tar-o`tmas, voqeaga guvoh bo`lganlar surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!