Qabih savdo

12:44, 29 dekabr 2016

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari fuqarolardan kelgan arizalar bo`yicha olib borilgan surishtiruv-tergov jarayonida hech erda ishlamasdan, boshqalar boshiga og`ir kulfat keltirish hisobiga yashab kelgan mirzacho`llik Ulbo`sin Abdurahmonova qilmishlarini fosh etishdi. Bu haqida “Huquq” gazetasining 47-sonida bayon etilgan.

Ulbo`sin o`z jinoyatini puxta reja asosida amalga oshirgan bo`lib, avval u odamlar orasida "Qozog`iston Respublikasida qarindoshlarim bor, ular yaxshi to`lanadigan ish topib berishadi", deb gap tarqatadi. Tezgina Ulbo`singa o`xshagan "dallollar"ning yolg`on va`dalariga uchganlar ham topildi. Achinarlisi, uning bu "kasb" ortidan pul topayotganligini onasi Qarshigul Abdurahmonova ham, turmush o`rtog`i Sunnatullo Absamatov ham yaxshi bilsa-da, uni bu yuldan qaytarishmagan, aksincha, hamkorlik qilishgan.

Dastlab u qo`ygan tuzoqqa mirza¬cho`llik A.Achilov, J.Turonov, Sh.Tu- ronov, D.Meliboev, F.O`rinboev, Sh.Ergashevlar tushishdi. Ulbo`sin ularga Qozog`istonda oyiga 300-400 AQSh dollariga teng miqdordagi ish haqi va`da qildi. Sodda odamlar uning va`dalariga ishonishdi.

Sirdaryo viloyati orqali chegaradan o`tkazib yuborilgan mirzacho`l- liklarni Ulbo`sinning "qarindoshlari" — Jibek va G`ayratlar kutib olishdi. Ular O`zbekiston fuqarolarining pasportlarini vaqtinchalik hisobga qo`yish va federal mig¬rasiya kartasi ochtirish bahonasida yig`ib olishdi. O`zlari bilan hech qanday shartnoma tuzmay, besh oy majburlab ishlatishdi.

Ulbo`sin birinchi ishidan ilhomlanib, jinoiy faoliyatini yanada kengaytirdi. U onasi Qarshigul va turmush o`rtog`i Sunnatullo bilan bu safar I.Parmanov, B.Musaev, A.Mamarahimovlarni to`riga tushirdi. Ularga ham qop-qop va`dalar berib, eski yo`nalish bo`yicha qo`shni res- publikaga o`tkazib yubordi. Odam savdosining qurboni bo`lgan bu fuqarolar ham Jibek va G`ayratlar uchun tekin mehnat qilishdi, xo`rlik azoblarini boshlaridan o`tkazishdi.

Oradan ko`p o`tmay, ularning hamqishloqlari J.O`rmonov, J.Bozorov, S.Yuldashev va Z.Meliboev ham aldovlarga uchishdi. Afsuski, ular o`sha damda boshlariga ne-ne savdolar tushishidan bexabar edilar. 

Har qanday aldovning ham chek-chegarasi bo`ladi. U.Abdurahmonova boshchiligidagi jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo`yildi. Amalga oshirgan jinoyatlari ularni sudning qora kursisiga boshlab bordi. Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzacho`l tuman sudining majlisida mazkur ish ko`rib chiqilib, aybdorlarga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!