Xonanda Sayyorai Jahon turmushga chiqmoqda

14:49, 10 yanvar

“Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Sayyorai Jahon bugun, 10 yanvar kuni turmushga chiqmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” o`zining ishonchli manbalariga asoslanib, xabar bermoqda.
 
Sayyorai Jahon andijonlik yigitga turmushga chiqmoqda. Ayni damda Andijonda to`y marosimi o`tkazilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 15 yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida kelin-kuyovning Toshkentda yashovchi do`stlari va yaqinlari uchun to`y marosimi bo`lib o`tadi.
 
“Xonandaning turmush o`rtog`i tadbirkor. Ma`lum bo`lishicha, to`ydan so`ng Sayyora san`atdagi faoliyatini yakunlaydi”,—deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!