“Oqsaroy” qarorgohi O`zbekistonning Birinchi Prezidenti tavallud kuni munosabati bilan muzey sifatida eshiklarini ochadi

22:16, 10 yanvar

30 yanvar – O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning tavallud kuni munosabati bilan “Oqsaroy” qarorgohi muzey sifatida ish boshlaydi.

Rasmiy manbalarga ko`ra, ayni damda O`zbekistonning Birinchi rahbari Qarorgohida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan. 

Oqsaroy – Toshkentdagi zamonaviy me`moriy inshoot; O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining qarorgohi bo`lgan. Binoning me`mori A.Toxtaev. Oqsaroy Yugoslaviya (hozirgi Serbiya va Chernogoriya)ning «Energoproekt visokogradnya Xolding» kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 oyda bunyod etilgan (1999). Maydoni 5460 kv.m. Qabulxona (tantanali kirish qismi)da mehmonlar qabul qilinib, o`zaro muzokaralar olib borilgan.  

Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda hashamatli ko`rinadi. Peshtoqi mayda ravoqchali, ustunli, 2 qanotli galereyali, o`rtasi rotonda shaklida. Oppoq ko`rkam va mahobatli ko`rinishga ega. Sathi katta o`lchamdagi tosh bo`laklari bilan qoplangan. Intereri yuqori sifatli materiallar bilan jihozlangan. Qabulxonaning oq va zangori marmarli pol sathi yarqiragan baland shipi bilan uyg`unlashgan. Tabiiy qurilish materiallaridan mahorat bilan sayqallangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, ko`kat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar o`rnatilgan. («Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!