Qiziqchi Avaz Oxun farzandli bo`ldi

09:54, 11 yanvar

Qiziqchi Avaz Oxunning oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Bu haqda so`z ustasi Zokir Ochildiev Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

“Ukamiz Avaz Oxun o`zi yosh bolaga o`xshagani bilan yana bir farzandli bo`ldi. O`g`li Abdullaning umri uzoq, rizqi butun, qadami qutlug` bo`lsin. Avazbekni yaqin qadrdonlariga yangi mehmon muborak bo`lsin!”,—deb yozdi Zokir Ochildiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Ma`lumot uchun, dunyoga kelgan chaqaloq Avaz Oxunning ikkinchi farzandi. So`z ustasining qizi ham bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!