Angliya Liga Kubogi. “MYu” qiyinchiliksiz “Xall Siti”ni mag`lubiyatga uchratdi

09:59, 11 yanvar

Angliya Liga Kubogi musobaqasi yarim final ilk o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Xall Siti” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan o`yinda mankunianlar 2:0 hisobida zafar quchdi. O`yinning 56-daqiqasida Xuan Mata hisobni ochgan bo`lsa, Fellayni 87-daqiqada o`z nomini tabloga yozdirdi.

"Manchester Yunayted" – "Xall Siti" 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 56 Mata, 2:0 – 87 Fellayni.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Smolling, Djons, Darmian, Valensiya, Mata (Fellayni, 79), Pogba, Errera, Mxitaryan (Lingard, 71), Runi (Marsyal, 59), Reshford.

"Xall Siti" – Yakupovich, Maguayr, Robertson, Taymon (Uir, 90), Meyler, Klukas, Xaddlstoun, Snodgrass, Meyson, Xenriksen (Ernandes, 19), Diomande (Melouni, 74).

Ogohlantirish: Maguayr (40).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!