Minglab rossiyaliklar kelgusi yilda Alla Pugachyovani yangi yil shousidan olib tashlashni talab qildi

10:47, 11 yanvar

An`anaga ko`ra, yangi yil kechasida Rossiyaning barcha telekanallari mashhur yulduzlar ishtirokidagi bayram ko`rsatuvlarini namoyish etadi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri. 

31 dekabr kuni Rossiyaning Birinchi telekanalida Alla Pugachyova, Maksim Galkin, Filipp Kirkorov va boshqa yulduzlar ishtirok etgan ko`rsatuv namoyish etildi. Rostov-na-Donu shahrida yashovchi Vadim Manukyan Birinchi kanal rahbariyatiga kelajakda yangi yil ko`rsatuvlarining sifatini yaxshilash bo`yicha petisiya bilan murojaat etdi. U o`z murojaatida Alla Pugachyova ishtirokidagi “V gostyax u primadonn” teleko`rsatuvi hech kimga yoqmaganligini bildirgan va petisiya tagida qoldirilgan izohlar bilan buni isbotlashga harakat qilgan. Ayni paytda mazkur petisiyaga 100 mingdan ortiq odam imzo chekkan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!