O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

10:56, 11 yanvar

10 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag`ishlangan Umumiy majlis bo`lib o`tdi. Majlisda Fanlar akademiyasi akademiklari, direktorlar kengashi a`zolari ishtirok etdi.

Umumiy majlis ishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov ishtirok etdi va nutq so`zladi.

So`zga chiqqan akademiklar M.S.Salohiddinov, S.Sh.Rashidova, R.A.Zohidov, B.M.Beglov, B.A.Nazarov, A.A.Asqarov, N.R.Yusufbekov, A.A.Abdullaev, professor Sh.A.Egamberdiev O`zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan mamlakatimiz ilm-fani rivojiga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidlash barobarida akademik fan oldida turgan bir qator dolzarb masalalarni belgilab olishdi. Shuningdek, ular O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentligiga saylash uchun akademik B.S.Yo`ldoshevning nomzodini qo`llab-quvvatlashdi.

Akademik Yo`ldoshev Behzod Sodiqovich navbatdagi muddatga Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi. Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevga murojaat qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!