Afg`onistonda yuz bergan portlash oqibatida BAAning besh nafar diplomati halok bo`ldi

12:51, 11 yanvar

Afg`onistonning Qandahor shahrida yuz bergan portlash oqibatida Birlashgan Arab Amirliklarining besh nafar diplomati halok bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Portlash Qandahor shahar gubernatorining mehmonlar uchun mo`ljallangan uyida sodir bo`ldi. Oqibatda 11 kishi halok bo`ldi va 16 kishi yaralandi. Yaralanganlar orasida BAAning Afg`onistondagi elchisi ham bor.

So`nggi oylar ichida Afg`onistonda vaziyat jiddiy keskinlashgan. Ilgari mamlakatning qishloq hududlarida faoliyat ko`rsatgan “Tolibon” harakati endilikda katta shaharlarda hujum uyushtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchilik guruhining harakati ham faollashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!