Hajmi 10 qavatli uyday keladigan ulkan asteroid Erga xavfli bo`lgan yaqin masofada uchib o`tdi

15:02, 11 yanvar

Uzunligi 34 metrgacha bo`lgan osmon jismi Erga juda yaqin bo`lgan masofada uchib o`tdi, deb yozadi Business Insider nashri.

Asteroid 2017 AG13 nomini oldi. U Erga yaqin masofada 9 yanvar kuni uchib o`tgan. Asteroidning harakat tezligi 16 km/s tashkil qiladi. 

Perdyu Universiteti (AQSh) olimlari 2017 AG13 asteroidining Er bilan to`qnashuvi oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan portlash Xirosimadagi atom portlash kuchidan ham dahshatli bo`lishi mumkinligini hisob-kitob qilishdi. 

Xavfli osmon jismi o`tgan shanba kuni Arizona universiteti astronomlari tomonidan shanba kuni aniqlandi. Ajablanarlisi shundaki, u Erga sezdirmasdan yaqinlashishning uddasidan chiqqan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!