2017 yilda O`zbekistonda YaIMning o`sishi 7,4 foizni tashkil etishi prognoz qilindi

15:59, 11 yanvar

Jahon Bankining yanvar sonidagi “Jahon iqtisodiyotining istiqbollari” nomli ma`ruzasida 2017 yilda O`zbekistonda YaIMning o`sishi 7,4 foizni tashkil etadi deb prognoz qilingan.

2017 yilning 10 yanvar kuni Jahon Banki “Jahon iqtisodiyotining istiqbollari” nomli ma`ruzani chop etdi, deb yozadi UzDaily.uz nashri. Seshanba kuni chop etilgan ma`ruzada qayd etilishicha, o`tgan yili butun dunyoda kuzatilgan iqtisodiy ko`rsatkichlarning pasayishidan so`ng, 2017 yilda 2,7 foizgacha o`sish kutilmoqda.

Bank ekspertlarining prognoziga ko`ra, 2018-2019 yillarda O`zbekistonda YaIMning o`sishi 7,4 foizni tashkil etadi. Qayd etamiz, Jahon banki 2016 yilning iyun oyidagi prognoziga ko`ra O`zbekistonda YaIMning 2017-2018 yillardagi o`sishini 0,2 foizga oshirgan.

Jahon bankining prognoziga ko`ra, 2016 yilda O`zbekistonda YaIMning o`sishi 7,3 foizni tashkil etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!