Shahzoda Muhammedova rossiyalik mijozi uchun og`irligi 24 kg bo`lgan nikoh ko`ylagini yaratmoqda (FOTO)

17:04, 11 yanvar

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Instagramdagi sahifasiga joylagan navbatdagi surat va uning izohi e`tiborimizni tortdi.

Shahzodaga rossiyalik mijozidan kelinlik libosiga buyurtma berilgan. Dizaynerning xabar berishicha, mazkur libos ustida 15 nafarga yaqin dizaynerlar 1 oydan buyon mehnat qilmoqda. 

Kelinlik libosini yaratishda asosan qo`l ishidan foydalanilmoqda, ya`ni libosning har bir detaliga qo`l bilan bezak berilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!