Alla Pugachyova uni yangi yil shousidan olib tashlashni talab qilganlarga javob qaytardi

17:11, 11 yanvar

Har yili yangi yil kechasida kurantlar bongidan keyin Rossiyaning Birinchi telekanali mashhur yulduzlar ishtirokidagi an`anaviy  teleko`rsatuvlarni namoyish etadi, deb xabar beradi “Sosmo.ru” nashri.

31 dekabr kuni Rossiyaning Birinchi telekanalida Alla Pugachyova, Maksim Galkin, Filipp Kirkorov va boshqa yulduzlar ishtirok etgan “V gostyax u primadonn” ko`rsatuvi namoyish etildi. Rostov-na-Donu shahrida yashovchi Vadim Manukyan Birinchi kanal rahbariyatiga kelajakda yangi yil ko`rsatuvlarining sifatini yaxshilash bo`yicha petisiya bilan murojaat etganini, u o`z murojaatida Alla Pugachyova ishtirokidagi “V gostyax u primadonn” teleko`rsatuvi hech kimga yoqmaganligini bildirganligini va petisiya tagida qoldirilgan izohlar bilan buni isbotlashga harakat qilganligini ma`lum qilgan edik.

Primadonna mazkur murojaatning javobini uzoq kuttirmadi. U yangi yil oqshomida efirga berilgan “MaksimMaksim” teleko`rsatuvida tushgan suratining tagiga baxtli ekanligi haqida quyidagicha izoh qoldirdi:

“O`rinsiz adovat urug`ini sochuvchilar, bezovta bo`lganingizdan xursandman!!! Demak hayot davom etmoqda. Men muxlislarimning muhabbatidan, qo`llab-quvvatlashidan kuch olaman. Buning haqiqiy baxt ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qildim!”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!