O`zbekistonda Misrning yangi tayinlangan elchisi ish boshladi

17:16, 11 yanvar

2017 yilning 10 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itrni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat davomida ikki va ko`p tomonlama shakllardagi O`zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratilib, o`zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!