Meksikada ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi (VIDEO)

21:01, 11 yanvar

Meksikaning Chiaua shtatida ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloq aks etgan videokadrlar uning oila a`zolari tomonidan internetga joylandi.

G`ayrioddiy bola haqida boshqa hech narsa ma`lum emas, ota-onaning ismlari oshkor qilinmayapti, shifokorlar mutasiya sababini aniq ayta olishmayapti, deya xabar beradi Fox News nashri.

Kadrda yig`layotgan ikki boshli chaqaloqni ko`rish mumkin. Noodatiy mutasiya sabab siam egizaklari dunyoga kelganmi yoki ikki boshli bola – buni meksikalik shifokorlar aniqlay olishmayapti.

“Bolaning bunday tug`ilganligi sababini bilish uchun uning ota-onasi qaerda ishlagan, ayol homiladorlik paytida qanday kasalliklarni boshdan kechirgan, bo`lg`usi ota-onalar bir-biriga genetik tomondan to`g`ri kelganmi aniqlash kerak”, — deydi chaqaloqni dunyoga keltirgan shifokorlar.

G`ayrioddiy go`dak uzoq yashamadi, u dunyoga kelganidan ikki kun o`tgach nobud bo`ldi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!