Barak Obamaning xayrlashuv tviti rekord darajaga erishdi

09:48, 12 yanvar

Barak Obamaning Amerika prezidenti sifatida Twitter mikroblogida qoldirgan xabari shu paytgacha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan xabarlarini ortda qoldirib, maksimal darajadagi “layk” va repost to`pladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

O`z lavozimidan ketayotgan davlat rahbari quyidagicha xabar qoldirdi: “Hammasi uchun sizdan minnatdorman. Mening so`nggi iltimosim birinchisini takrorlashdan iboratdir. O`zgarishlar men tufayli emas, balki siz tufayli yaratilishiga ishonishingizni xohlayman”.

Barak Obamaning “prezidentlik”ka xos oxirgi so`zlari ijtimoiiy tarmoqlarda 660 mingta perepostga ega bo`ldi. AQSh prezidentining

Twitter-akkauntiga 13 million nafar foydalanuvchi a`zo bo`lgan. 20 yanvar, inaugurasiya kuni davlat rahbarligi yangi saylangan Donald Tramp ixtiyoriga o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!