Rossiya elchisi qotilining jasadi 3 haftadan beri o`likxonada egasiz qoldi

15:07, 12 yanvar

Turkiya polisiyasining sobiq xodimi, Rossiya elchisi Andrey Karlovni Anqarada otib o`ldirgan qotil Mevlyut Mert Altintash nomsiz qabristonga dafn etiladigan bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchining yaqinlari uning jasadini o`likxonadan olib ketishdan bosh tortdi. Ular 15 kun mobaynida jasadni olish huquqiga ega bo`lsalar-da, 3 haftadan beri hech kim jasadni olib ketmadi. Shu sababli qotilning jasadini dafn etish masalasi mahalliy munisipalitet vakillari bilan muhokama etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!