Filipp Kirkorov Toshkentda konsert beradi

12:50, 13 yanvar

Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov o`zining “Ya” (“Men”) deb nomlangan katta shou konserti bilan Toshkentga kelmoqda.

Rossiyalik san`atkorning konserti 26 fevral kuni poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi. 

Mazkur shouni dunyodagi eng talabgir rejissyorlardan biri Franko Dragone sahnalashtirgan. Dastur 70% yangi qo`shiqlardan qolgan 30% vaqt sinovlaridan o`tib kelayotgan xit taronalardan tashkil topgan.

Chiptalar tez orada sotuvga chiqadi, deb yozadi Myday.uz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!